Haftasiga 20 tadan kitob öqiş uçun tez öqiş texnikasini özlaştiriş, kurslarga qatnaş va onlayn-treninglarda iştirok etiş şart emas. Murakkab bölmagan uslubdan foydalanib, boşqalarga qaraganda 15 marta tezroq bilim olişingiz mumkin.

Boşlaş uçun nima qiliş kerak

Dastlab kitoblar röyxatini tuzing, keyin esa ularni mavzusiga qarab saralang. Bir ötirişda bir mavzuga oid  kitoblarni öqiş tavsiya etiladi. Bir-biriga öxşaş mavzuli bir-ikki kitobni qöşiş mumkin, qarama-qarşi yönalişdagilarini öqiş yaramaydi. Bu amaliyotning boşlanğiç bosqiçida qöl kelmaydi.

Kitoblarni qanday tanlaş kerak

Uşbu texnika non-fikşn adabiyotlarni öqiş uçun mos keladi. Bular biznes, şaxsiy rivojlaniş, psixologiya, boşqa ilmiy-ommabop va axborot naşrlaridir. Agar nima öqişni bilmasangiz, internet tarmoğida taqdim etilgan ğoyalardan foydalaning. Sizni qiziqtirgan yönalişdagi forumlarga kiring. Odatda u yerda adabiyotlar mavzusi röyxatlari böladi. Eng oson usul: kitob dökoni katalogini yoki ilovasini oçib,  u yerdagi maşhur kitoblarni közdan keçiring. Naşriyotlarning yangi, eng köp öqilgan, eng köp sotilgan kitoblar kabi röyxatlari ham asqatadi.

Foto: Pixabay

Kitobni qayerdan olsam böladi?

Agar uydagi kutubxonangizda kitob bölmasa, ikki xil usuldan foydalansangiz böladi.

1. Kitob dökoniga boriş va kerakli mavzu mavjud javonni topiş

Tez öqiş böyiça mohir odamlar kitoblarni dökonning özida, tik turgan holda öqişni maslahat berişadi. Çunki aynan şu alfozda köproq ma'lumot özlaştirilar ekan. Agar uşbu fikrni sinovdan ötkaziş istagi bölmasa, ötirib olişingiz mumkin. Kitob dökonlarining köpçiligida buning uçun örindiqlar mavjud.

2. Elektron kitoblarda maşq qiliş

Odatda tez öqiş usulini amaliyotda qöllaydiganlar ekrandan öqişni maslahat berişmaydi. Qoğoz şaklidagi naşrlarni tez öqiş oson hisoblanadi. Ba'zilar esa fikrga qöşilmaydilar va elektron kitoblarni “yamlamay yutişadi”.