Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pravda: Mask feyklarga qarshi kurashuvchi servisni ishga tushirmoqchi
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask foydalanuvchilar uchun OAVdagi har qanday materialning haqqoniyligini tekshirib ko‘rish imkoniyatini taqdim etuvchi va jurnalistlarning reytingini shakllantiruvchi servisni yaratish niyatida ekanligini xabar qilgan.
«Jamoatchilik har qanday maqolaning haqqoniyligini baholay oladigan va har bir jurnalist, muharrir va materialning ishonchlilik reytingini aks ettiruvchi sayt yaratmoqchiman. Uni Pravda deb nomlash haqida o‘ylayapman», — deb yozgan ishbilarmon o‘z Twitter’ida.
U bunday resursga zaruriyat bor-yo‘qligi haqida savol bilan murojaat qilib so‘rovnoma ham ishga tushirgan. Ushbu material yozilgan chog‘da 68 mingdan ziyod ovoz beruvchilarning 88 foizi bu g‘oyani juda foydali deb hisoblashlarini bildirishgan.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, servis nafaqat botlardan himoyalangan bo‘lish, shuningdek, undan yolg‘on axborot tarqatish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan har qanday kishini fosh qilishi ham kerak.
Mavzuga oid
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026