Yangi Zelandiya transport vaziri Fil Tvayford samolyot bortida qönğiroq amalga oşirganidan keyin iste'foga çiqiş uçun ariza berdi.
Tvayfordning sözlariga köra, u samolyot içki yönalişdagi parvozga tayyorlanayotganida qönğiroqni amalga oşirgan. Vazir öz apparati xodimiga qönğiroq qilgani va öşa damda bu unga muhim suhbatdek tuyulganini qöşimça qildi.
"Men taqiqlangan joyda qönğiroqni amalga oşirganimni yaxşi tuşunib turibman. Bunga yöl qöyib bölmaydi, ayniqsa men, transport vaziri sifatida bunday qilmasligim kerak edi. Çin dildan uzr sörayman", - deydi Yangi Zelandiya transport vaziri Fil Tvayford.
Tvayfordning qöşimça qilişiça, boş vazir Jasinda Ardren uning iste'foga doir arizasini qabul qilmagan. Boş vazir uning majburiyatlarini fuqarolik aviatsiyasi böyiça örinbosariga topşirgan. Ardren tergov vaqtida Tvayfordni fuqarolik aviatsiyasi boşqaruvidan çetlaştiriş kerak, deya qaror qilgan. Manbaga köra, vazir öz vazifalaridan vaqtinçalik çetlatildimi yoki yöq - hozirça noma'lum.
"Men vazirlarimizdan qonunlarga rioya qilişlarini kutaman. Fil transport vaziri sifatida fuqarolik aviatsiyasida belginlangan barça qoidalarga rioya qilişi kerak", - deydi Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardren.
Mamlakat fuqarolik aviatsiyasi qoidalariga köra, yölovçilar elektromagnit tölqinlarni yetkazuvçi portativ elektron qurilmalardan foydalanişlari taqiqlanadi. Qoidani buzganlik uçun jazo 500 dan 2,5 ming dollargaçani taşkil qiladi.












