Myunxenning «Bavariya» klubi va Çili terma jamoasi yarim himoyaçisi Arturo Vidal Myunxendagi klubga taşrif buyurganlardan biri bilan mojaroga borib, köngilsiz voqeaga aralaşib qoldi. Futbolçi qamalişi ham mumkin.
4-4-2.com portalining Bild naşriga asosan xabar berişiça, Vidal öz ukasi Sandrino bilan 2017 yilning 17 sentabr kuni şahardagi tungi klublardan birida dam olayotganida, bir guruh şaxslar bilan mojaroga borib, muştlaşuv uyuştirgan, oqibatda bir kişi jarohat olgan.
Ta'kidlanişiça, jarohat olgan şaxsning boşiga butilka bilan zarba berilgan, şundan söng u politsiyaga Vidalning ustidan ariza bilan murojaat qildi. Öyinçi olti oydan töqqiz oygaça bölgan muddatga qamalişi mumkin.
Şu bilan birga, tungi klub egasi Oliver Rayfning körsatma berişiça, jabrlanuvçining boşiga çililik futbolçi emas, balki boşqa şaxs butilka bilan urgan.












