2018 yilning 27-28 may kunlari respublikaning toğ va toğoldi hududlarida sel kelişi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv Markazi xabar bergan.

Qayd etilişiça, uşbu hududlarda ob-havo özgaruvçan, ayrim joylarda yoğingarçilik kutiladi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol şarqdan ğarbiy yönalişga özgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat), 28 may kuni şamol tezligi 22 m/s (79 km/soat)gaça kuçayişi, joylarda 25-30 m/s (90-108 km/soat)gaça kuçayişi kutiladi.

“Toğ va toğoldi hududlarida yaşovçi aholi diqqatiga! Ehtiyot çoralarini körişingizni, hamda avariya va boşqa noxuş holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etişingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq FVV Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida sel xavfi haqida ma'lum qilgandi.