09:27 / 25.05.2018
31823

«Istalgan vaqtda va istalgan shaklda». KXDR bayonot berdi

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreya TIV rahbari o‘rinbosari Kim Ke Gvanning ma'lum qilishicha, KXDR hamon AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori va Amerika rasmiylari bilan uchrashuvni istalgan vaqtda hamda istalgan shaklda o‘tkazishga tayyor. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar berdi.

«Biz AQSh bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga to‘la tayyor ekanimizni bildiramiz. Masalalarni istalgan vaqtda va istalgan shaklda hal etishga butunlay tayyormiz», - deya Kim Ge Gvanning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Amaldorning ta'kidlashicha, sammitni bir tomonlama bekor qilish Shimoliy Koreya hukumatini Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni yaxshilash uchun barcha sa'y-harakatlarni ko‘rganlik yuzasidan fikr yuritishga undadi.

«Bizning butun dunyo va Koreya yarim orolida tinchlik hamda barqarorlik uchun barcha narsani qilishga bo‘lgan intilishimiz o‘zgarishsiz qoladi, hamda biz AQShga o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqish uchun vaqt va imkoniyat berishga tayyormiz», - deya xulosa qilgan Kim Ge Gvan.

Avvalroq, Tramp tvitterdagi sahifasida Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qilishga majbur bo‘lgani haqida yozgandi. Oq uy rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati muzokaralar o‘tkazishni xohlasa, siyosiy bayonotlarini sal yumshatishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval KXDRda yadroviy poligon buzib tashlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top