Jinoyat işlari böyiça Farğona tuman sudida ayblanuvçi G.Qayumovaga nisbatan hukm öqildi. Sud F.Abduraimov raisligida ötkazildi.
Vaziyatga töxtaladigan bölsak, sudlanuvçi G.Qayumova qasddan odam öldiriş jinoyatini quyidagi holatda qasddan sodir etganligi aniqlandi. Jumladan, u 2017 yil 27 oktabr kuni soat 18:00larda özi yaşab kelayotgan Farğona tumani, “Yordon” MFY, Arçazor köçasi, 37-uyda qaynonasi N.Ergaşeva bilan öz farzandlari tarbiyasi masalasida özaro oğzaki janjallaşib ketgan. Şunda G.Qayumova ikki farzandini olib öz xonasiga ketmoqçi bölgan vaqtida, N.Ergaşeva janjalni davom ettirib, unga taşlanib, qöli va öqlov bilan yuzi hamda boşiga urib, bir-birlarini urişib, xovliga çiqib, ikkalasi ham yerga yiqilib tuşgan. Şunda G.Qayumovaning jaxli çiqib, N.Ergaşevani qasddan öldiriş maqsadida öşa yerdagi toş bilan uning hayoti uçun muhim bölgan boş qismiga bir neça marta urib, unga hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazib, uni qasddan öldirgan. Jinoyatni sodir etilişida özaro yana içki oilaviy nizolar borligi tergov jarayonida aniqlangan.
Sud Qayumova Gulira'no Abduqodir qiziga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (Qasddan odam öldiriş) bilan JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.











