Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shahar kengashi sessiyasi chaqirilmoqda, prokuror hisobot beradi
Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq, 2018 yil 31 may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
poytaxt hududida 2018 yilning 1-choragida qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli yuzasidan Toshkent shahar prokurorining hisoboti to‘g‘risida;
Toshkent shahar Davlat soliq bosh boshqarmasining 2018 yilning 1-choragidagi faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining 2018 yilning 1-choragidagi faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
Yer resurslari va davlat kadastri Toshkent shahar boshqarmasining faoliyati yuzasidan hisoboti hamda boshqa masalalar.
Mavzuga oid
12:17
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026