“Özbekkonsert” davlat muassasasida Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi hamda Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga solişga oid jamoatçilik fikrini örganiş böyiça Respublika işçi guruhi hamkorligida “Töy-haşamlarda konsert-tomoşa xizmatini körsatişni qonunçilik va milliy qadriyatlar asosida tartibga soliş muammolari: amaliyot va istiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabar bergan.

Ta'kidlanişiça, keyingi paytlarda oilaviy tadbirlarni ötkazişda şuhratparastlik, özini köz-köz qiliş, boşqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarçilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlarning oldini oliş masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga solişga oid jamoatçilik fikrini örganiş böyiça Respublika işçi guruhi tomonidan joylarda xalqning talab va istaklari örganilmoqda.
Respublika işçi guruhi örganişlari natijasiga köra, bugungi kunda oilaviy marosimlarni kamxarj ötkazişda odamlarni eng köp qiynayotgan masalalardan biri konsert-tomoşa ötkazişda san'atkorlarga tölanadigan haq ekani oydinlaşmoqda, deyiladi xabarda.

Birgina 2017 yilning özida respublika böyiça 3 mingdan ziyod jismoniy şaxslarga (819 nafar xonanda, 807 nafar ovoz operatori, 460 nafar dijyey, 355 nafar sozanda, 344 nafar raqqosa, 203 nafar boşlovçi, 22 nafar söz ustasi va 19 nafar ma'mur) konsert-tomoşa faoliyati uçun litsenziyalar berilgan.
Qonunçilikda konsert-tomoşa faoliyati bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar uçun bir qator imtiyozlar közda tutilgan. Kontsert-tomoşa faoliyati bilan şuğullaniş uçun davlat boji tölovçi jismoniy şaxslar mazkur faoliyat böyiça qat'iy belgilangan soliqni tölaşdan ozod etilgan, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun nazarda tutilgan tartibda, eng kam iş haqining bir baravari miqdorida suğurta badalini tölaşi belgilangan.











