2018 yil 4 may kuni Toşkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş yuzasidan ötkazilgan jamoatçilik fikrini örganiş böyiça Respublika işçi guruhining yiğilişlari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Z.Nizamxodjayev, mazkur qömita raisining örinbosari G.Alimova va viloyatlar hokimlari örinbosarlari, madaniyat, içki işlar, adliya, xalq ta'limi, soğliqni saqlaş boşqarmalari, Xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar ittifoqi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamğarmalari, Savdo-sanoat palatasi Ma'naviyat va ma'rifat markazining viloyatlar bölimlari mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön törtinçi yalpi majlisida qabul qilingan “Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş masalalari haqida”gi Qarorning ijrosi tahlil qilindi.
Şuningdek, mazkur masala böyiça fuqarolardan kelib tuşayotgan taklif va tavsiyalar hamda keng jamoatçilik fikri asosida işlab çiqilgan Nizom loyihasi muhokama etildi.
Muhokamalar davomida guzarlarda aholiga qulay töyxonalar quriş, kafe va restoranlar, san'atkorlar tomonidan körsatiladigan xizmat haqini, oilaviy tadbirlar, ayniqsa, oş beriş tadbirlari ötkaziliş vaqtini tartibga soliş, mehmonlar sonini aniqlaş masalalarini, şuningdek töy bilan boğliq turli xil tadbirlar ötkaziş, asl an'analarimiz va qadriyatlarimizga zid bölgan bema'ni-baçkana odatlarga yöl qöymaslik kabi masalalar iştirokçilar diqqat markazida böldi.
Mahalla faollari tomonidan jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga qat'iy amal qiliş zarurligi, milliy urf-odat va an'analarni mensimaslik, şuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarçilik holatlariga, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga putur yetkazilişiga yöl qöymaslik va bu borada ta'sirçan jamoatçilik nazoratini tizimli olib boriş zarurligi qayd etildi.
Yiğilişlarda bildirilgan takliflar Işçi guruhi tomonidan viloyat aholisining, kerak bölsa, har bir xonadon egasining fikrini oliş naqadar muhim ekanligini körsatdi.
Şu bois yiğilişlarda keng jamoatçilik fikrini örganiş, tuman va mahallalarda istiqomat qilayotgan har bir bir fuqaroning fikrini, taklif va tavsiyalarini oliş maqsadida viloyat va tuman miqyosidagi işçi guruhlarini taşkil etişga qaror qilindi. Işçi guruhlari zimmasiga tegişli taşkilot vakillarini hamda mahalla faollarini, nuroniylarni, yoşlarni hamda töyxona egalarini jalb qilgan holda aholining fikr-mulohazalarini yanada çuqur örganiş va takliflarni muhokama qiliş, şuningdek mazkur masalaning televideniye, radio, hududiy bosma naşrlar orqali yoritilişini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.











