Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Qo‘chqorov Jahon banki guruhi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Jahon banki guruhining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha katta direktori Shanta Devaradjan va Jahon bankining O‘rta Osiyo bo‘yicha hududiy direktori Liliya Burunchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv davomida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning hozirgi holati, erishilgan natijalar va O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur islohotlarning kelajakda amalga oshirilish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Xususan, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanishi, narxlarni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Muzokaralar davomida alohida e'tibor sarmoyaviy loyihalar va texnik ko‘maklashish loyihalarining amalga oshirilishidagi istiqbolli hamkorlikka qaratildi.
Vazirlik mutaxassislari tomonidan Jahon bankining respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda strategik hamkor bo‘lib kelayotganligi alohida ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamshid Qo‘chqorov «Gazprombank» ekspert guruhi bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
11:08 / 19.12.2025