Kiyev meri Vitaliy Kliçko «Liverpul» va «Real Madrid» örtasidagi Çempionlar ligasi final öyinida durang bölişini taxmin qildi. Sobiq boksçining sözlari UYeFA rasmiy saytida keltirilgan.
«Durang böladi - 3:3. Gollardan bahramand böliş imkoniyati aniq böladi», - degan ukrainalik siyosatçi.
Avvalroq, Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko «Real»ning 2000dan oşiq muxlisi YeÇL finali uçun çiptalarni qaytarib bergani haqidagi ma'lumotni yolğon, deb atagandi.
Uçraşuv Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bugun Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi. Hal qiluvçi bellaşuvda Madridning «Real» va Angliyaning «Liverpul» klublari töqnaşadi. Reglamentga köra, uçraşuv durang natija bilan tugaşi mumkin emas. Agarda asosiy vaqtning 90 daqiqasi davomida ğolib nomi aniqlanmasa, jamoalar 15 daqiqadan yana ikki bölim töp suradi. Agar 120 daqiqadan keyin ham jamoalar örtasida tenglik kuzatilsa, ğolib penaltilar seriyasida aniqlandai. YeÇLning amaldagi ğolibi - Madridning «Real»i.












