Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning e'lon qilişiça, NATO bilan hamkorlik böyiça kelişuvga erişilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Yana bir katta yangilik. Kelasi haftada biz Kolumbiyaning NATOga global hamkor sifatida kirişiga rasmiy tus beramiz», - deya aytib ötdi u.

Uning sözlariga köra, Kolumbiya Lotin Amerikasida şunday öziga xos imtiyozga ega böladigan yagona davlatga aylanadi.

2013 yilda Kolumbiya va NATO maxfiy ma'lumotni almaşiş böyiça bitim imzolagan. Ta'kidlanişiça, Kolumbiya «NATOning bir qismi» bölişni xohlamaydi, biroq «taşkilotdan örganişni, giyohvand moddalar hamda terrorizmga qarşi kuraşda tajriba almaşişni» istaydi. Kelişuv Bryusselda imzolangandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Malayziya layneri halokati böyiça Rossiyaga qöyilgan ayblovlarni qöllab-quvvatlagandi.