AQŞning sport anjomlari işlab çiqaruvçi Nike kompaniyasi himoyaga ega kiyimni patentlaştirdi. Maxsus zirh jismoniy töqnaşuvlar vaqtida faollaşib, atletni şikastlanişlardan saqlaydi, deb xabar bermoqda Digital Trends.
Kiyim kontaktli sport turlari – futbol, regbi, xokkey kabilar uçun möljallangan. Kiyim maxsus kiritmalarga ega bölib, avtomobillardagi xavfsizlik yostiqçasi kabi töqnaşuvga bir zumda ta'sir qilib, qattiqlaşib qoladi. Qolgan payt ular elastik şaklga ega bölib, harakatlarga xalaqit qilmaydi.
Bunday “yostiqçalar”da maxsus ip ötkazilgan. Misol uçun, futbolda raqib bilan töqnaşuv vaqtida ip taranglaşib, konstruksiyaning mustahkamligini oşiradi. Buning evaziga futbolçi oyoğidagi himoyalovçi moslamalar berilgan zarbani qaytaradi, şundan keyin böşaşib, konstruksiya yana elastik holatga qaytadi. Tizim avtomatik tarzda işlaydi, sportçidan heç qanday harakat talab qilinmaydi.
Şunga öxşaş mahsulot Italiyaning Dainese kompaniyasi tomonidan fevralda taqdim qilingandi. Unda çanğiçilar kiyim-boşiga maxsus xavfsizlik yostiqçalari kiritilgan bölib, ularning ölçami sportçi yiqilganda bir zumda kattalaşib, sirt bilan töqnaşuvni yumşatgan.











