Ukraina şarqida Malayziya aviakompaniyasiga tegişli Boeing yölovçi samolyotini urib tuşirgan raketa Rossiyaga tegişli bölmagan. Bu haqda Rossiya prezident Vladimir Putin aytdi.  

“Albatta, yöq. Bu fojianing bir neçta versiyasi bor, jumladan bu raketa Ukraina armiyasiniki bölgani, samolyot va şu kabilar”, deb javob qilgan Putin “Yölovçi samolyot urib tuşirilgan raketa Rossiyaga tegişli bölganmi?” degan savolga.

24 may kuni xalqaro tergov guruhi MN17 reysini bajargan samolyotning qulaşi böyiça oraliq natijalarni taqdim qildi. Tergovning ta'kidlaşiça, samolyot Rossiya qurolli kuçlarining 53-zenit-raketa brigadasiga tegişli “Buk” majmuasidan urib tuşirilgan.

 “Bu fojianing bir neça versiyasi mavjud, biroq heç kim ularni hisobga olmayapti. Şu sababli, agar tölaqonli tergov bölmasa, unda bizning iştirokimizsiz işlayotgan komissiyaning xulosalarini qabul qilişimiz juda qiyin böladi”, deb aytgan Putin.

Rossiyaning ta'kidlaşiça, Rossiyaning samolyotning halokatga uçraşiga aloqadorligi balandparvoz gaplardir, tergov esa noxolis va bir tomonlama olib borilmoqda.  Putinning aytişiça, Moskva tergovda iştirok etsagina, uning natijalarini tan oladi. Rossiya prezidentining ta'kidlaşiça, u boşidan tergov böyiça birgalikda işlaşni taklif qilgan, biroq bu jarayonga qöyilmagan. Şu bilan birga Ukraina jangovar harakatlar borgan hudud ustidagi havo hududini yopmaganiga qaramay bu tergovda iştirok etmoqda, deb qöşimça qilgan Putin.