Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 28-30 may kunlari amaliy taşrif bilan Rossiyada böladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

«2018 yilning 28-30 may kunlari Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy taşrif bilan Rossiyada böladi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Komilov Moskva şahrida ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazilişi kutilmoqda.

Şuningdek, vazir «Primakov öquvlari» an'anaviy xalqaro forumida iştirok etadi hamda nutq sözlaydi.

Bundan avvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun Toşkentga kelgandi.