«Real» Yevropa çempionlar ligasining qatorisiga uçinçi finalida «Liverpul» ustidan ğalabaga erişib, köhna qit'aning eng nufuzli turniridagi sovrinlari sonini 13 taga yetkazib qöydi.

Albatta, «Liverpul»ning eng işongan yulduzi misrlik Muhammad Saloh jarohatlanmaganida öyin boşqaça tus olişi mumkin edi. Lekin avvaldan ta'kidlanganidek, iştiyoqdan tajriba ustun böldi. Hamma ayb Ramosda deyişlari mumkin, lekin u beçora ham oğir kubokni boşi uzra dast kötarişdan abjaği çiqib ketmoqda.

Haqli ravişda öyinning eng yaxşi öyinçisi deb topilgan Garet Beylning dubli (u zaxiradan maydonga tuşib, finalda dublga erişgan ilk futbolçi böldi), «Liverpul» darvozaboni Loris Kariusning nönoqlarça harakati evaziga kiritilgan gollar bilan esda qoladigan böldi mazkur final.

64-daqiqada Beylning qayçi usulida kiritgan birinçi goli hali uzoq yillar TV ekranlarini bezab tursa kerak.

Eslatib ötamiz, 2018/19 mavsumdagi Yevropa çempionlar ligasi finali Ispaniya poytaxtida — «Atletiko» Madridning yangi stadioni «Vanda Metropolitano»da bölib ötadi. Ajabmas, «Real» öz ona şahrida ötadigan navbatdagi finalda ham ğalaba qozonsa…

Yevropa çempionlar ligasi — 2017/18
«Real» Madrid (Ispaniya) – «Liverpul» Angliya 3:1 (0:0)

26 maya, Kiyev. «Olimpiyskiy» MSJ. 61561 tomoşabin
Gollar: 1:0 – Benzema (51), 1:1 – Mane( 55), 2:1 – Beyl (64), 3:1 –  Beyl (83).
Real Madrid: Navas, Karvaxal (Naço, 37), Varan, Ramos, Marselo, Modriç, Kazemiro, Kroos, Isko (Beyl, 61), Benzema (Asensio, 89), Ronaldu.
Liverpul: Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Veynaldum, Henderson, Milner (Jan, 83), Salah (Lallana, 30), Firmino, Mane.
Ogohlantiriş: Mane (82).
Boş hakam: Miload Majiç (Serbiya)