UYeFA texnik kuzatuvçilari Çempionlar ligasining 2017/18-yilgi mavsumidagi eng yaxşi önta golni tanlaşdi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Birinçi örinni «Real» forvardi Kriştianu Ronalduning musobaqa ¼ finalida «Yuventus» darvozasiga urgan goli egalladi. Hujumçi va Ronaldu jamoadoşi Garet Beylning «Liverpul» bilan bölib ötgan finaldagi töpi ikkinçi poğonada joylaşdi. Şunisi qiziqki, mavsumdagi eng yaxşi gollar top-10ligiga Ronaldu va Beyl iştirokidagi yana ikkita gol kiritildi (mos ravişda oltinçi hamda töqqizinçi örin).

UYeFA texnik kuzatuvçilari versiyasiga köra 2017/18-yilgi mavsumda Çempionlar ligasidagi top-10 eng yaxşi gol:

1. Kriştianu Ronaldu («Yuventus» — «Real» 0:3, 1/4 final birinçi öyini)

2. Garet Beyl («Liverpul» — «Real» 1:3, final)

3. Gonsalo Iguain («Yuventus» — «Tottenxem Xotspur» 2:2, 1/8 final birinçi öyini)

4. Antuan Grizmann («Atletiko» — «Roma» 2:0, guruh bosqiçi)

5. Edin Djyeko («Çelsi» — «Roma» 3:3, guruh bosqiçi)

6. Garet Beyl («Borussiya» D – «Real» 1:3, guruh bosqiçi)