AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy bitimidan çiqiş böyiça qarori şu faktni tasdiqlaydiki, progressiv Yevropa dunyodagi öz obrösini yöqotib bormoqda. Bu haqda The National Interest yozyapti.

Naşrning ta'kidlaşiça, agarda Yevropa öz taqdirini xavfsiz qilmoqçi bölsa, unda unga Yevropa idealizmi va yangi realizm örtasida muvozanatda böliş talab etiladi.

Kuç siyosati dunyosi Yevropa ustidan öz ta'sirini oşirmoqda. Amerikalik harbiy xizmatçilar va yadro quroli Yevropani xalqaro mojarolardan saqlab turgan bir paytda, yevropaliklar «geosiyosat va strategiyani unutib qöydi», deya ta'kidlaydi naşr.

Muallifning qöşimça qilişiça, Yevropa «tarixiy realizm» yetişmovçiligi tufayli AQŞ uçun öz ahamiyatini yöqotib bormoqda.

Yevropalik yetakçilar köp holatlarda jahon siyosati böyiça amerikalik strateglarga quloq tutmoqda, biroq Amerika universitetlari hamda tahlil markazlari tomonidan Yevropa işlariga qiziqiş ança pasaygan.

The National Interest’ning fikriça, Yevropa-Amerika muloqoti teng huquqli bölmagani sababli Atlantika alyansining kelajagi xavf ostida qolgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyaning NATOga nisbatan harbiy-siyosiy rejalariga jiddiy qiziqayotgani xabar berilgandi.