Misr terma jamoasi futbolçisi, «Liverpul» klubi a'zosi Muhammad Saloh öz tvitterida ma'lum qildiki, u Rossiyadagi jahon çempionatiga boradi.

«Bu juda oğir oqşom böldi, ammo men jangçiman. Qiyinçiliklarga qaramasdan, men Rossiyada bölaman, siz men bilan faxrlanişingiz mumkin. Sizning sevgingiz va qöllab-quvvatlovlaringiz menga kuç bağişlaydi, bu men uçun juda kerak», deya yozgan Saloh.

25 yoşli uşbu futbolçi Çempionlar ligasi finalida «Real»ga qarşi uçraşuvning birinçi bölimida jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Oxirgi xabarlarda uning tiklanişi uçun 2 oy vaqt ketişi, u jahon çempionatiga bora olmasligi haqida aytilgandi.

Ma'lumot uçun, Misr terma jamoasi JÇ-2018 guruh bosqiçida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga raqib bölgan.