Braziliya terma jamoasi va «Pari Sen-Jyermen» klubi hujumçisi Neymar Madridning «Real»iga ötişi mumkin ekani haqidagi miş-mişlarga izoh berdi.

«Real»? Hozir men Braziliya termasiga bor e'tiborni qaratganman. Odamlar ba'zida umuman ahmoqona gaplarni gapiradi. Bunga javob qaytariş ham şartmas», - deya Neymarning sözlarini keltiradi Globo Esporte.

Neymar «PSJ»ga «Barselona»dan 2017 yilning yozgi transferlar dariçasi vaqtida 222 mln yevro evaziga ötgandi.

Avvalroq, futbolçining otasi taniqli agent Pini Zaxaviga Parij klubidan öyinçining transferini amalga oşirişda yordam beriş haqida murojaat qilgani ma'lum bölgandi. Biroq «PSJ» rahbariyatining işonç bildirişiça, braziliyalik klubni tark etmaydi.