So‘nggi o‘n kunda mast holda avtomobil boshqaruvchilar soni oshganligi aytildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, o‘tgan haftada respublika avtomobil yo‘llarida jami 142ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ushbu hodisalarda 136 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 75 967ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, bu qoidabuzarliklarning 41 845tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1232 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 13 969 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini, 1101 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini, 11 938 nafar haydovchi odam tashish qoidasini, 248 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda qoidani buzganligi uchun to‘xtatildi va ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, transport vositasining oynalarini me'yoridan ortiqcha qoraytirgan 373 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 805 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 340 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.
O‘tgan hafta davomida 1232 nafar haydovchi transport vositasini spirtli ichimlikdan mast holda boshqarganligi aniqlangan bo‘lsa, muborak Ramazon oyining o‘tgan 11 kuni davomida YPX inspektorlari tomonidan 2026 nafar haydovchilarga shu kabi huquqbuzarliklar uchun choralar ko‘rilgan.
El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyida insonlar faqat ezgu amallar bilan shug‘ullanishlari belgilangan bo‘lsada, ayrim haydovchilarimiz shunday muborak kunlarda ham sipirtli ichimliklar iste'mol qilib, yana transport vositalarini mast holda boshqarib, huquqbuzarliklar sodir etishmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
18:56 / 24.09.2024
YHXX boshlig‘i: “Yo‘l harakati qoidalarini ko‘p buzgan haydovchilar bilan «mahalla yettiligi» ishlamoqda”
08:38 / 05.03.2024
Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
00:08 / 19.04.2023