Agar Vladimir Putin 60 kunlik sulhga rozi bölsa, Ukrainada saylovlar ötkaziladi, dedi Volodimir Zelenskiy ABC News jurnalisti Jonatan Karlga bergan intervyusida.
Zelenskiy AQŞ prezidentining Ukrainaga yangi yetakçi kerakligi haqidagi sözlariga munosabat bildirib, qaçon saylov ötkaziş va kimni saylaşni ukrainlarning özi hal qilişi kerakligini taʼkidlagan.
«Prezidentning sözlariga kelsak... U biz yangi saylovlar ötkazişimiz kerakligini aytdi. Ha, şunga öxşaş gap. Prezident Tramp aytdiki, bizga – Ukrainaga – yangi prezident kerak. Prezident Trampga hurmatni saqlagan holda aytamanki, yetakçini saylaş – bu bizning jamiyatimizning, xalqimizning işidir. Ha, biz uruş holatidamiz va saylovlar ötkaziş çindan ham juda qiyin», – degan Zelenskiy ABC efirida.
U gap faqat Ukraina qonunçiligi uruş davrida saylovlar ötkazişni taqiqlaşida emasligi, balki hozirda odamlarga ovoz beriş imkoniyatini beradigan xavfsizlik infratuzilmasi ham yöqligini taʼkidlagan.
«Agar prezident Tramp çindan ham saylovlar orqali özgarişlar bölişini xohlasa – men bu haqda uning jamoasiga ham aytganman – ular Putinga yetkazişsin: bizga ikki oy, nafas rostlaş uçun 60 kun muhlat berilsin. Öt oçiş 60 kunga töliq töxtatilsin – va biz saylovlarni taşkillaştiramiz. Albatta, biz xalqimizning – aynan ukrain xalqining har qanday tanlovini qabul qilişga tayyor bölamiz», – deydi Zelenskiy.
Bir kun oldin Tramp jurnalistlar bilan muloqotda Ukrainaga «kelişuv tuza oladigan yangi prezident saylaş»ni taklif qilgandi. «Bilasizmi, nima taklif qilaman? Men ularga [ukrainlarga] kelişuvlar tuza oladigan yangi yetakçi topişni taklif qilaman – axir u [Volodimir Zelenskiy] köplab bitimlar tuzişi mumkin edi, biroq negadir buni heç qaçon qilmadi», – degandi Tramp.
U Zelenskiyni Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari böylab berilayotgan zarbalar uçun tanqid qilgan. Trampning sözlariga köra, AQŞ tomoni Zelenskiyga «Rossiya bilan istaganini qilişi mumkinligi»ni, ammo neftni qayta işlaş zavodlariga zarba bermaslik kerakligini, çunki bu «global muammo» ekanini maʼlum qilgan. Keyingi kuni esa Zelenskiy agar Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasi böylab zarbalar berişni töxtatadigan bölsa, ukrain harbiylari ham Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni bas qilişini vaʼda qildi.












