AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina energetika sohasida sulh tuzişga kelişib olgani haqida eʼlon qildi.

«Şu palladan Rossiya va Ukraina örtasida energetika sulhi amal qiladi. Ikki tomon ham bunga rozi. Uni buzmanglar», – deya yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

U boşqa tafsilotlarni keltirmagan.

Financial Times muxbiri Kristofer Miller esa Ukraina Tramp aytgan energetika sulhi haqida «maʼlumotga ega emasligi» haqida yozdi. «Ayni vaqtda bizning taʼmirlaş brigadalarimiz [Rossiya zarbalaridan keyin] Kiyevda elektr va içimlik suv taʼminotini tiklaş ustida işlamoqda», – degan FT’ga Zelenskiyga yaqin bölgan ukrainalik mulozim. Uning sözlariga köra, Kiyevda «heç kim [sulh töğrisida] heç narsa eşitmagan».

Zelenskiyning özi ham Axios naşriga bergan qisqa intervyusida Trampning energetika sulhi haqidagi xabari «yangilik bölgani» haqida gapirdi.

«Agar prezident Tramp bu haqda Putin bilan kelişib olgan bölsa, iltimos, sulh qaçon boşlanişini bizga xabar qiling. Biz uni qabul qilişga tayyormiz va rozimiz», – deya qöşimça qilgan Zelenskiy.

Tramp 14-sentabr kuni ham Rossiya va Ukraina örtasida energetika sulhi tuzilganini eʼlon qilgandi. Öşanda u «Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmalari obyektlariga zarba bermaslikka rozi bölgani», «Rossiya ham xuddi şunday yöl tutişi»ni aytgandi. Ammo keyinroq Financial Times gazetasi Tramp bunday eʼlon berişda şoşilib qöygani haqida yozib çiqdi. Naşrning Kreml pozitsiyasidan xabardor bölgan manbalari Vladimir Putin qiş arafasida energetika sulhi tuzişni xohlamasligi, çunki yilning sovuq davrida energetika obyektlari böylab zarbalar Kiyevni yon berişga majbur qiladi, deb hisoblaşini aytişgan.