Britaniyada öz otasi, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal bilan birga zaharlangan Yuliya Skripal hodisadan avval farzand körişga tayyorlanayotgan bölgan. Bu haqda uning qarindoşi Viktoriya kp.ru’ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«U uyida ta'mirlaş işlarini bajarayotgandi. Bitta xonani bölajak farzandga ajratişni rejalaştirgan. Ikkinçisi - yotoqxona. Oşxona va boşqa xonalar ta'mirdan çiqarib bölingandi. U barçasiga öz çöntagidan pul tölagan», - deya aytib ötdi Viktoriya Skripal.
Uning sözlariga köra, Yuliya Britaniyaga uçib kelişdan avval ayol-prorabga qönğiroq qilgan va iş uçun navbatdagi haqni yetkazib berişga ulgurmayotganini aytgan. U kalitlarni Stepan ismli yigitdan berib yuborişini bildirgan.
Viktoriya Skripalning qöşimça qilişiça, Stepan zaharlanişdan söng, 6 mart kuni, prorabning yoniga kelgan va uy kalitlarini bergan. U göyoki şunday degan: «Sen meni tanimaysan, sen meni körmagansan!».
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Britaniya Skripallarni majburan uşlab turgani haqida ma'lum qilgandi.













