Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya 2018 yilning 31 may – 1 iyun kunlari Duşanbe şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Majlisda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qiliş, xizmatlarning erkin savdosi istiqbollari va köp tomonlama kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Majlis yakuniga köra Hamdöstlik hududida köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişni nazarda tutadigan bir qator qarorlar qabul qilinişi kutilmoqda.