Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda
Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Q.Parpiyev ishdan olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Xabar berilishicha, Qodir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyevning ukasi hisoblanadi.
Shuningdek, manba xabariga ko‘ra, Andijon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Parpiyev ham ishdan olingan. U Botir Parpiyevning jiyanidir.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Anvar Parpiyev lavozimidan ozod qilingan. U Botir Parpiyevning ukasi Qodir Parpiyevning o‘g‘li hisoblanadi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filialining boshqaruvchisi Zafar Parpiyev ham ishdan ketgan. Uning ham Botir Parpiyevga qarindoshligi aytiladi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Parpiyev lavozimidan olingan. U Botir Parpiyevning o‘g‘lidir.
Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998-2002 – O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, B.Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingandi. U boshqa ishga o‘tkazilgan. Ma'lum qilinishicha, endilikda B.Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi.
Bundan tashqari, 19 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

14:30 / 04.08.2025
Andijonda qaynukasining mashinasini yoqib yuborgan sobiq kuyovga jinoyat ishi ochildi

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025