«Çelsi» xöjayini Roman Abramoviç Isroil davlatiga köçib ketdi.

51 yoşli rossiyalik milliarder şaxsiy samolyotida Tel-Aviv şahriga uçib bordi va Isroil davlati fuqaroligini olib, Neve-Tsedek dahasidagi haşamatli uyga köçib ötdi.

Abramoviçning boyligi 10 milliard dollarga baholanyapti. Buyuk Britaniyada u eng boy şaxslar röyxatining 13-poğonasida borayotgan edi. Isroilda esa u bunday röyxatda peşqadam bölib oladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Roman Abramoviçga vizasini uzaytirib berişdan boş tortgan edi. Bunga sabab sifatida uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinligi aytildi.

Ayni paytda, tadbirkorning Buyuk Britaniyadagi maqomi va «Çelsi» klubining kelajagi ham söroq ostida turibdi.