Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari yuridik xizmatlari ma'lumotlari bazasi kimlar tomonidan shakllantiriladi?
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma'lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma'lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
«3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma'lumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tuman (shahar) adliya bo‘limlari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.».
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«6. Ma'lumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.».
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot Vazirlikka, viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot esa, tuman adliya bo‘limlariga taqdim etiladi.».
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«9. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan so‘ng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma'lumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.
Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tegishli yil yakunlangandan so‘ng, keyingi yilning 15-sanasiga qadar bazadagi ma'lumotlarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga elektron ko‘rinishda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli yil yakunlangandan so‘ng, keyingi yilning 20-sanasiga qadar hududiy bazadagi ma'lumotlarni Vazirlikka elektron ko‘rinishda taqdim etadi.».
5. 13-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«13. Ma'lumotlar bazalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun mas'uliyat tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.».
6. 14-banddagi «Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash boshqarmasi» degan so‘zlar «Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
17:45 / 26.02.2026
Malakali yuridik yordam: Konstitutsiya kafolatlagan huquq va zamonaviy muammolar
08:02 / 08.08.2025
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari reytingi joriy etiladi
16:48 / 06.03.2024
Boshog‘riq ma’lumotlar bazasi: yo‘q uyga soliq to‘laysan, uyingda begona odam propiskada
08:32 / 28.03.2022