Ötgan asrning 90-yillarida jahon tajribasida kompaniya faoliyati va xodimlarining samaradorligini erkin baholaş jarayoniga ilmiy yondaşuvni tatbiq etiş boşlandi. Ammo, GM Uzbekistan kompaniyasi va uning xodimlari bilan yuz berayotgan hodisa ilmiy yondaşuvni ortda qoldirib, kompaniya içida "guruhbozlik"ni keltirib çiqarişga xizmat qilmoqda.
Gap şundaki, 2016 yildan buyon xodimlarning noroziligiga sabab bölib kelayotgan "Faoliyatni individual baholaş" tizimi aslida xodimlarning maoşiga qöşib berilişi uçun ajratilgan millionlab mablağlarning befoyda tasarruf etilişi, xodimlar örtasida adolatsizlikni keltirib çiqarişga olib kelmoqda.
GM Uzbekistan xodimlar bilan işlaş boşqarmasi tomonidan amalga kiritilgan "Faoliyatni individual baholaş" tizimi har bir xodimdan qilinişi zarur bölgan işlar böyiça hisobot, mehnati böyiça xarakteristika va kelgusida maqsad qilib qöyilgan yangi marralar haqida ma'lumot berişni talab etadi. Töplangan bir uyum ma'lumotlarga köra, boşqarma xodimlarning maoşiga rağbatlantiruvçi haq qöşib berişi nazarda tutilgan. Bir qaraşda “Buning nimasi yomon, barçasi qayd qilib borilgani bilan faoliyat haqida şaffof axborot paydo böladi-ku”, deyişingiz mumkin.
Şunga qaramay, "Faoliyatni individual baholaş" tizimining paydo böliş tarixiga nazar taşlaylik: u aynan Ikkinçi Jahon uruşidan keyin kompaniyalar boşqaruviga yangilik olib kirgan Piter Ferdinand Druker nazariyasiga asoslanadi.
Drukerning yozişiça, faoliyatni baholaş uçun yuqori turuvçi rahbariyat (direktorlar kengaşi) roziligi bilan, tadqiqot obekti va maqsad belgilab olinişi lozim. Şuningdek, kompaniya faoliyatini optimizatsiya qiliş, yangi modellarni tatbiq etiş nazarda tutilişi şart. Faoliyatga axborot texnologiyalarini kiritiş masalasi va xodimlarni malakaviy qayta tayyorlaş omillariga e'tibor qaratiş kerak. Biroq, Druker ham uşbu jarayonlar moddiy rağbatlantirişni aniqlaş uçun mezon vazifasini ötaşi haqida bir oğiz söz aytmagan. Eng açinarlisi, Piterning qaraşlari tajribada özini oqlamadi va AQŞ kompaniyalaridagi 80 foiz işçilar bundan noroziligini bildirdi.
Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan amalda saqlab qolayotgan "Faoliyatni individual baholaş" tizimi oldiga aniq maqsadni qöyib, tartibli va standartlarga muvofiq ötkazilişi nazarda tutilgan ilmiy qaraş, maoşga ustama qöşib beriş uçun mezon vazifasini ötovçi jarayon emas. Agar u moddiy rağbat uçun xizmat körsatmasa, bu tizimni "uşlab turiş"dan kompaniya rahbariyatiga nima foyda?
Ma'lum bölişiça, xodimlarga moddiy rağbatni ajratiş töğrisidagi buyruqlar şaffof çiqarilmaydi (boşqa direksiya va manfaatli xodimlardan sir saqlangan holda) amalga oşiriladi.












