Falastin prezidenti Mahmud Abbos şifoxonadan çiqarildi, deb xabar qilmoqda ABC.
Telekanal ma'lumotlariga köra, şifoxonadan çiqqan Abbos «yaxşi holatda va ovozi tetik çiqyapti».
«Men şifoxonadan çiqqanim uçun Yaratganga şukr qilmoqdaman. Men butunlay soğman va ertagayoq iş bilan şuğullanişni boşlaş niyatidaman», - deya aytib ötdi u.
Abbos öpka yalliğlanişi tufayli davolanişga yotqizildi, bu holat 83 yoşli prezidentda burundagi operatsiyadan söng aniqlandi.
Uning şifoxonaga yotqizilişi jiddiy bahs-munozaralar keltirib çiqardi. Ba'zilarning fikriça, Falastin yetakçisida aniq bir voris yöq, şuningdek, Falastinda hokimiyatni işonçli topşiriş mexanizmlari ham yaratilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil falastinliklarga Ramazonda Al-Qudsga kirişni taqiqlagandi.












