28 may kuni Paragvay prezidenti Orasio Kartes senator böliş uçun mamlakat milliy kongressi rahbari nomiga iste'foga çiqişi haqida ariza topşirdi. Bu haqda Kartesning özi ma'lum qilgan.   

“Men Paragvay prezidenti lavozimidan iste'foga çiqişimni e'lon qilaman. Ovoz beriş vaqtida bildirilgan xalq istagini bajarib, mamlakatga senatda xizmat qilişni davom ettiriş uçun. Paragvayni Tangrining özi asrasin”, deb yozgan Kartes tvitterda.

Kartes Paragvayga 2013 yil avgustdan boşçilik qilib keldi. Joriy yil avgustida u baribir iste'foga ketardi, çunki aprelda ötgan saylovlarda yangi prezident etib Mario Abdo Benites saylangan. U Paragvayning söngi diktatori, mamlakatni 1954 yildan 1989 yilgaça boşqargan Alfredo Stressner kotibining öğli hisoblanadi. Yangi prezident 15 avgustdan lavozimini bajarişga kirişadi.

Mamlakat qonuniga köra, prezident iste'foga ketgandan keyin uning örnini avgustgaça vitse-prezident Alisiya Puçeta vaqtinçalik egallaydi.