Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabr kunidagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 939-sonli Qarori ijrosini ta'minlaş yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlaş boşqarmasi taşkil qilingan edi.
Bugungi kunda Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahrida faoliyat olib borayotgan boşqarma xodimlari tezkor va samarali faoliyat olib borişlari uçun segvey transport vositalari bilan töla ta'minlanişdi.


Şahrisabz şahrida faoliyat olib borayotgan boşqarma xodimlarining asosiy vazifalarini quyidagilar taşkil qiladi:
- turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va şaroitlarini aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan manzilli çoralar köriş;
- turistik ahamiyatga ega bölgan hududlarda jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraş borasida içki işlar organlari faoliyatini taşkil qiliş;
- turistlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, şu jumladan, ularning hayoti, soğliği va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qiliş;
- turistlarning murojaatlarini belgilangan tartibda qabul qilinişi, rasmiylaştirilişi va ularga öz vaqtida javob berilişini ta'minlaş.
- tarixiy obidalar, mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, ovqatlaniş joylari va boşqa dam oliş maskanlari haqida, ularning joylaşuv örni, qaysi yönaliş orqali boriş haqida batafsil, tuşunarli ma'lumot beriş;
- turistlarning soğliği kutilmaganda yomonlaşganda, şifokorlar yetib kelgunça ularga birinçi tez tibbiy yordam körsatiş;
- harakatlaniş yönalişida adaşib qolgan va boşqa yordamga muhtoj turistlarga amaliy kömak beriş, ularni kerakli manzilga yetkaziş.















