UFC'ning örta vazn toifasidagi sobiq çempioni Maykl Bisping sport faoliyatini yakunlaş haqida qaror qabul qildi. 39 yoşli angliyalikning soğliğida paydo bölgan muammolar aralaş yakkakuraşlardan (MMA) ketişga sabab böldi, deb xabar qilmoqda Bloody Elbow.
«Bu uzoq yöl böldi. Men MMA’da 2003 yildan beri iştirok etib kelaman, barça 15 yil davomida professional jangçi sifatida özimni körsatdim va UFC’da 12 yoki 13 yil ötkazdim. Bu abadiy davom etişi mumkin emas, hamda men rasmiy bayonot beraman - keyingi jang haqida emas, balki MMA’dan ketayotganim haqida», - deya aytib ötdi Bisping.
Angliyalik jangçi öz faoliyati davomida 39ta jang ötkazib, ularning 30tasida ğalaba qozongan.
Bisping özining sönggi jangini 2017 yilning 25 noyabr kuni ötkazgan: u amerikalik Kelvin Gastelumga qarşi jangda mağlub böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq UFC jangçisi uydagi zöravonlikda ayblanib hisbga olingandi.












