Mutlaq jangçilar çempionati jangçisi Nik Dias Las-Vegasda uy zöravonlik holati böyiça ayblov bilan hibsga olindi.
MMAFighting ma'lumotiga köra, Dias özi bilan birga yaşagan qizni döpposlab, böğgan. Bu holat vaziyatga huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari aralaşuviga qadar davom etgan.
Ta'kidlanişiça, sportçi ayni damda Klark qamoqxonasiga joylaştirilgan va yuqoridagi holat böyiça tergov boşlangan. Ilk eşituvlar 26 mayga belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) yengil vazndagi amaldagi çempioni Habib Nurmagomedov tört yil muqaddam faoliyatini yakunlaşga juda yaqin bölgani xabar qilingandi.












