13:53 / 29.05.2018
5951

Ulug‘norda “Kord aviamodel sporti” bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatining cho‘l hududida joylashgan Ulug‘nor tumanida sportning texnik va amaliy turlari bilan shug‘ullanish uchun yangi bunyod etilgan majmuada “Kord aviamodel sporti” bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” viloyat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan viloyat ochiq chempionatida barcha tuman va shaharlarning 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilari F-2-A modelida tezlik ko‘rsatkichlari hamda F-2-B modelida pilotaj figuralarini bajarish yo‘nalishlarida bellashishdi.     

 Yakunga ko‘ra, jamoaviy va shaxsiy bahslarda sovrindor o‘rinlarni Andijon, Ulug‘nor va Asaka tumani sportchilari egallashdi. G‘oliblar Respublika miqyosidagi birinchilikda  ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.  

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid
Top