Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 28 may kuni olmoslar qazib olişda mablağlarning öğirlanişi işi böyiça parlament jarayoniga ikkinçi marta kelmadi. Bu haqda mamlakat parlamentining kon va energetika işlari böyiça qömitasi rahbari Tembla Mlisvaga iqtibos keltirgan holda Zwnews portali ma'lum qildi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, sobiq prezident mamlakatdagi eng katta olmos koni Marangeni özlaştirişda korrupsiyaga yöl qöyilgan bölişi mumkinligi yuzasidan parlamentning kon sanoati qömitasi a'zolari savollariga javob berişi kerak edi. Mugabening özi prezidentligi vaqtida olmoslar sotilişidan davlatga 15 mlrd dollar kelib tuşmaganini tan olgan.
“Biz unga agar kelmasa, böysunmaslikda ayblanişini eslatib ötamiz”, deb aytgan Mlisva.
Portal ma'lumotlariga köra, keyingi jarayon 11 iyunga belgilangan.
2017 yil noyabrida 93 yoşli Mugabe harbiylar va hukmron partiya rahbariyati bosimi ostida iste'foga ketişga majbur bölgandi.
Marange koni 2006 yilda oçilgan bölib, mutaxassislarning baholaşiça, sayyoramizdagi eng katta olmos koni hisoblanadi. Uning özlaştirilişida Xitoy, BAA, JAR kompaniyalari iştirok etgan. Kon 300 kvadrat kilometrdan köproq maydonni egallaydi.

















