Argentina terma jamoasi jahon çempionati-2018 arafasida Haiti bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Buenos-Ayresdagi «Alberto Armando» stadionida keçgan bahs mezbonlarning 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvda Lionel Messi het-trik qayd etdi.
Forvard 17-daqiqada penaltini aniq amalga oşirib, hisobni oçdi.
Ikkinçi bölim boşlarida Messi dubl qayd etdi. Argentinalik uçinçi golni Kristian Pavonning ajoyib töp uzatişidan söng kiritdi.
Oradan uç daqiqa ötib Messi Serxio Agueroga aniq töp uzatdi, u esa uçraşuvdagi yakuniy hisobni örnatdi.
Argentina jahon birinçiligiga tayyorgarlik doirasida Isroil termasi bilan ham örtoqlik öyini ötkazadi.
JÇ-2018da argentinaliklar Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya bilan bir guruhda töp suradi.
Argentina — Haiti — 4:0
Gollar: 1:0 — Messi, 17 (penalti); 2:0 — Messi, 58; 3:0 — Messi, 66; 4:0 — Aguero, 69












