Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida boks böyiça xalqaro «Gubernator kubogi» bölib ötmoqda. Unda ön nafar boksçimiz final jangini ötkazişi haqida ma'lum qilingandi.
Milliy olimpiya qömitasi xabar berişiça, yarim final yakunlariga köra, yetti nafar özbekistonlik boksçi hal qiluvçi janglarga yöllanma oldi. E'tiborlisi, -56 kg vazn toifasida ikki boksçimiz oltin medal uçun özaro hisob-kitob qilib oladilar.
Unga köra, boksçilarimiz finalda quyidagi raqiblarga qarşi jang qiladilar:
-49 kg: Hasanboy Dösmatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Şahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Şunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakşi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqöziyev – Georgiy Kuşitaşvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)
Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanişdi. Final bellaşuvlari ertaga bölib ötadi.












