Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan asosiy muxolif partiya – Xalq-respublika partiyasidan prezidentlikka nomzod Muharram Injyeni sudga berdi. Bunga esa Injyening Erdöğan 2001 yilda AQŞga muxolifatçi Fathulla Gulen yoniga borgani haqidagi sözlari sabab bölgan.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yildagi davlat töntaruviga urinişga aloqadorlikda ayblab keladi. Gulen 1999 yildan beri AQŞning Pensilvaniya ştatida yaşab keladi.
Injye Balikesirdagi namoyişda Erdöğanga murojaat qilib, “Sen partiyangni 2001 yilda taşkil etayotganingda Pensilvaniyaga ruxsat uçun borganmiding?”, deb aytgan.
“Gumonlanuvçi tomonidan namoyişda aytilgan gaplar hurmatli prezidentga jiddiy hujum hisoblanadi va haqiqatga mos kelmaydi”, deb aytilgan şikoyat arizasida.
Ta'kidlanişiça, bunday tasdiqlarni söz erkinligi tuşunçasi doirasida qabul qilib bölmaydi. Erdöğanning advokati Injyedan 100 ming turk lirasi (21 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Erdöğanning özi esa Haberturk telekanalida uşbu vaziyatga izoh berib, “Men Pensilvaniyaga ruxsat oliş uçun boradigan pastkaş siyosatçi emasman”, deb aytgan.












