Qirğiziston milliy xavfsizligi davlat qömitasi mamlakatning sobiq boş vaziri Sapar Isaqovga korrupsiya böyiça ayblov qöydi.
Qirğiziston parlamenti aprelda 2017 yil natijalari böyiça Isaqov hukumatiga işonçsizlik votumi e'lon qilgandi. Bu Qirğiziston tarixida hukumatning işonçsizlik bildirilişi sababli ilk iste'foga ketkazilişi bölgan.
Isaqovga ayblov Bişkekdagi issiqlik elektr markazining (IEM) modernizatsiya qilinişida korrupsiyaga yöl qöyilişi holati böyiça qöyilgan va sobiq boş vazirga nisbatan mamlakatdan taşqariga çiqmaslik körinişida ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma'lum qilinişiça, Isaqov 2013 yilda sobiq prezident Almazbek Ataboyev apparati rahbari örinbosari lavozimini egallagan vaqtda Bişkek IEMni modernizatsiyalaş loyihasini amalga oşirişda özining siyosiy mavqeidan foydalanib, bir guruh şaxslar bilan birgalikda pudratçini tanlaşda xorijiy kompaniya manfaatlarini qöllab-quvvatlagan. Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga öta katta qiymatda ziyon yetkazilgan.
Bunday ayblovga esa Bişkekdagi yagona IEMda yanvarda anomal sovuq vaqtida avariya yuz bergani sabab bölgan. Poytaxtda normal issiqliq ta'minoti rejimini bir haftadan keyingina tiklaşga muvaffaq bölingan. Uşbu holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, “Elektr stansiyalar” davlat kompaniyasining deyarli barça yetakçi boşqaruvçilari hibsga olingan.
Avariyadan keyin markazning modernizatsiyalanişi böyiça yirik mojaro çiqqan. Uşbu markazni modernizatsiyalaş 386 mln dollarga tuşgan.













