Şanhay hamkorlik taşkilotida ingliz tili uçinçi rasmiy til bölib qabul qilinişi mumkin. Bu haqda Hindistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Şri Vinod Kumar Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
29 may kuni Toşkent şahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida taşkil etilgan ŞHT sammiti doirasidagi OAV brifingida a'zo davlatlarning Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan rasmiy vakillari yangi rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Taşkilotga yangi a'zo bölgan Hindiston va Pokiston vakillari ŞHT kotibiyati bilan ayni masalada muzokaralarni olib bormoqdamiz. Tez orada masala ijobiy hal böladi degan umiddaman», deydi elçi.
Eslatib ötamiz, Hindiston va Pokiston davlatlari ŞHT tarkibiga 2017 yil qabul qilingandi. Şu davrgaça taşkilot rasmiy tillari rus va xitoy tili bölib qolmoqda.











