Telegram App Store Özbekistonda «Yandeks.Taksi»ni ortda qoldirdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Spot.
Ilova 7 maydan beri birinçi marta iOS foydalanuvçilari orasida eng köp yuklab olinuvçi dasturga aylandi.
Jadvaldan köriş mumkinki, Telegram vaqti-vaqti bilan 3-örin va undan pastga tuşib ketgan. Bu vaqt davomida «Yandeks.Taksi» birinçi pozitsiyani egallab turgan, u endi ikkinçi örindan joy oldi. Top-5dagi boşqa pozitsiyalarni Instagram, imo va shareIT egalladi.

Yetakçilikka qaytişni Telegram may oyida deyarli jiddiy nosozliklarsiz işlagani bilan boğlaş mumkin. Masalan, aprelda servis bir neça marotaba soatlab işlamay qolgandi.
















