Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Tohar viloyatida, Tojikiston bilan chegaradosh joylashgan Dashti-Kala uyezdi «Tolibon» radikal harakati nazoratiga o‘tdi. Bu haqda Ariana News telekanali mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar tarqatgan.

«Jangarilarning qurolli hujumi oqibatida 5 harbiy halok bo‘ldi, 4 harbiy jarohatlandi, yana o‘nlab ko‘ngillilar asirga olindi. Tolibonlar davlat muassasalari binolariga o‘t qo‘yishgan», deyiladi xabarda.

1TV telekanali Tohar viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, jangarilarning uyezd markaziga hujumi mahalliy vaqt bilan tonggi soat 6:00da ro‘y bergan. Ayni vaqtda hududni tinch aholi vakillarining aksar qismi tark etgan.

Foto: Ariana News