AQŞ prezidenti Donald Tramp va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Vaşingtonda 7 iyunda AQŞ va Şimoliy Koreya yetakçilarining sammitiga tayyorgarlik doirasida uçraşuv ötkazadilar. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
Avvalroq Oq uy matbuot xizmati Tramp va Abe 28 may kuni telefon orqali Şimoliy Koreyadagi vaziyatni muhokama qilişgani va özaro uçraşişga kelişib olişganini ma'lum qilgandi.
Abe Kanadada 8-9 iyun kunlari ötadigan G7 davlatlari sammitiga yölida Vaşingtonda töxtab ötişi kutilmoqda.












