Mamlakatimizda yurtboşimiz taşabbusi va ğoyasi bilan bir-birini takrorlamaydigan istirohat boğlari, dam oliş göşalari taşkil etilmoqda. Özbekistonning şahar-qişloqlari tanib bölmas darajada özgarib bormoqda. Poytaxtimizda qad kötarib közni quvnatadigan, çiroyli gullari, ekzotik  va soya-salqin daraxtlari bilan kişi dilini yayratadigan boğlar, xiyobonlar şular jumlasidandir.

Yoz mavsumi boşlanişi bilan dam oliş göşalari aholiga xizmat qiliş uçun işga tuşadi. Jumladan, poytaxtimizning barça istirohat boğlarida, aholining madaniy hordiq çiqarişiga möljallangan holda şart-şaroitlar tayyor holga keltiriladi.

Ammo bugun biz aholi istirohat boğlari va xiyobonlarga oila a'zolarimiz bilan dam oliş uçun yöl olişga biroz ikkilanib qoldik. Eng katta xatar bu barça dam oliş joylaridagi yölaklarda velosiped uçayotgan yigit-qizlardir. Ba'zan velosipedçilarning boğ içida örindiqda ötirib yoki piyoda sayr etayotgan, sokin suhbatlaşayotgan odamlar oldidan baland ovozda ötişi aholi dam olişiga jiddiy xalaqit qilmoqda. Şuningdek, velosipedçilar bu bilan çeklanib qolmay, hattoki, tap tortmay yoş bolalar yurib ketayotgan yölkalarda ham tezlik bilan uçib ötadilar. Rözğor taşvişlari, iş muammolarini unutib, oilasi bilan istirohat boğiga taşrif buyurgan ota-ona yoki bobo-buvi dam oliş örniga, farzandi va nabiralarining velosiped turtib yubormasligidan xadiksirab ötirişadi.  Bugun biz oilalar avvalgidek istirohat boğlarida xotirjam dam olmasdan, kuçli darajada sergak bölişga, ba'zi holatlarda asabiylaşib, öynab kulib yurgan bolalarimizning dilini oğritib, xafa qilişga majbur bölmoqdamiz.

Töğri, velosipedda uçiş har bir inson soğligi uçun juda ham foydali. Ammo masalaning men keltirib ötgan oğriqli oqibatlari odamlarni boğlarga borişga çorlaş örniga, aksinça, insonlar qalbida zadalik va tuşkunlik kayfiyatini keltirib çiqarmoqda.

Bir qaraganda velosiped uçayotgan yoşu qarining zavqidan xursand bölasiz. Ammo velosiped uçuvçilari orasidagi bema'ni harakatlar nafaqat yoşlarimiz, balki  yoşi katta ayol va erkaklarimiz tomonidan amalga oşiralayotgani,  kişi dilini xira qiladi. Biz kattalar yoşlarga har qanday jihatdan ma'naviy örnak bölib, odamlar gavjum bölgan hududlarda velosiped uçişning ham öziga yaraşa qonun-qoidasi, madaniyati borligini amalda isbotlab berişimiz kerak emasmikan?

Töğri, velosipedda uçayotgan insonlar ham biz kabi istirohat boği yoki xiyobonlarga madaniy hordiq çiqariş uçun kelişgan. Lekin har qanday öyin-kulguning ham çegarasi va me'yori bölişi lozim. Eng asosiysi sizu biz amalga oşirayotgan xatti-harakatlar atrofimizdagi insonlarga foyda keltirsin, ziyon va zarar emas.

Mutasaddi taşkilotlar tomonidan istirohat boğlari va xiyobonlarda velosiped uçuvçi kişilar uçun maxsus yölaklar taşkil etilsa, maqsadga muvofiq bölarmidi. Şunda biz aholi ularning xatti-harakatlari oqibatida madaniy hordiq çiqarardik va velosiped uçuvçilarning sportdan zavq olib, bahra olişlariga heç kim  xalaqit bermas edi.