Ushbu yarmarkada Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan, tumanga lizing asosida keltirilgan 55 dona JOHN DEERE haydov texnikalari yarmarka ishtirokchilariga tanishtirildi.
Mehnat yarmarksi orqali oylik maoshi boshlanishiga 1 000 000 so‘m bo‘lgan texnika haydovchisi, mexanik va yoqilg‘i ta'minotchisi kabi ish o‘rinlari qatnashchilarga taklif qilindi. Ushbu dastur orqali 150 nafar kollej bitiruvchisi va uyushmagan yoshlarning bandligini ta'minlash mo‘ljallangan.
Ishga joylashish uchun hujjatlar qabul qilish 31 mayning o‘zida boshlandi. Ishga qabul qilinuvchilar tuman markazidagi “Yodgor Fayz tekstil” MChJda 15 kunlik malaka oshirish o‘qishidan so‘ng mehnat faoliyatlarini boshlashadi.










