Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigaça Chevrolet Captiva avtomobilini işlab çiqarişni töxtatadi. Bu haqda «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Umidjon Salimov ma'lum qildi.

«Hozirda Captiva örnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Maşina öz hayot siklining oxiriga yaqinlaşmoqda. Yil oxirigaça uni çiqarişni töxtatamiz», - dedi Salimov.

Özbekistonda Captiva 2007 yil oktabr oyidan beri işlab çiqarilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz işlab çiqarişni töxtatayotgani xabar berilgandi. Uşbu sinfdagi avtomobillarga bölgan ehtiyoj Spark avtomobillarini işlab çiqariş hajmlarini kengaytiriş orqali qoplanadi.