Toşkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Norma portali muxbiri şu savolga javob topişga urinib kördi.
Öquvçimiz M.Tohirov uyi yonidagi dorixona va Rossiya internet-dorixonasidagi narxlarni soliştirib, narxdagi tafovutni kördi. U bunday farq qayerdan yuzaga keladi, degan savol bilan tahririyatimizga murojaat qildi.
Öquvçimizning xulosalari qançalik töğriligiga işonç hosil qiliş uçun 10 ta preparatni tanlab oldik. Şu örinda bozorda xuddi şunday ta'sir körsatuvçi arzonroq dorilar borligini aytib ötmoqçimiz.
Birinçi navbatda bir köçada joylaşgan dorixonalarda bitta işlab çiqaruvçining, bir xil dozirovka va upakovkadagi birgina dorisi narxlaridagi farq közga taşlandi. Narxlarning 20–40 ming sömga farqlanişi – oddiy hol, biroq bundan katta farq ham borligining guvohi böldik. Bitta dorixonada preparat raqobatçilarinikiga qaraganda arzonroq, boşqasida esa – şahar böyiça eng qimmat bölişi mumkin. Moskva dorixonalarida ham şunga öxşaş holat mavjud.
Töplangan axborotni jadval şakliga soldik. Hisob-kitob uçun qayd etişga muvaffaq bölgan eng arzon narxlarni oldik. Axborotni töplaş paytida belgilangan valyutalar kursidan foydalandik. Uni e'tiboringizga havola etamiz:

Körinib turganidek, beşta pozitsiya böyiça Toşkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20 va undan ortiq foiz yuqoriroq, yana ikkitasida – farq unça katta emas. Uçta preparat narxi Moskvadagidan arzonroq bölib çiqdi.
Şunisi qiziqki, bitta tarmoqdagi dorixonalarda birgina preparat narxi turliça bölişi mumkin. «Dori-Darmon» tarmoği dorixonalarining ma'lumot xizmatiga qönğiroq qilib, kompaniyaning ba'zi dorixonalarida «Aktovegin» 232 000 söm, boşqalarida esa 256 000 sömga narxlanişini bilib oldik. Operator yetkazib beriş muddatlari sababli narxlarda farq yuzaga kelişini ma'lum qildi, qimmatroği yaqinda keltirilgan bölar ekan.
Dori narxining şakllanişi – murakkab masala, unga bir oğiz söz bilan aniq javob berib bölmaydi. Sotib olingan dori nega şunça pulga baholanişini biliş uçun aynan sizning holatingizni tekşiriş kerak.











