“Islom nuri” dasturining bugungi soni insonlarning özaro mehr-muruvvatli bölişlari, bu tuyğu ortidan keladigan savoblar hamda muruvvatsizlikning oqibatlari haqida söz yuritiladi. Bu mavzu haqda poytaxtning “Hazrati Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Şaripov bilan suhbatlaşdik.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

- Ramazon oyi axloq madrasasi hisoblanadi. Bu oyda mömin-musulmonlar yana bir bor özlariga qaraydilar. Özlaridagi kamçiliklarni tuzatib olişga harakat qiladilar. Mömin-musulmon kişi bu oyda risoladagidek özini tutsa, u oladigan quvvat unga bir yilga yetadi. Ramazon ana şu hikmat asosida maşru' qilingan.

Bundan taşqari, bu oy – mehr-muruvvat, hamdardlik oyi. Mömin-musulmonlar bir-birlariga hamdardlik körsatadigan, bir-birlariga yordam qölini çözadigan oy. Bu oyda mömin-musulmonning dili yumşoq böladi. Qöldan kelgança yaxşilik qiladi, agarki u Ramazonning rözasidan foyda ololgan bölsa. Çunki Ramazonning rözasi odamlarni tarbiya qiliş uçun nozil qilingan. Aslida, barça ibodatlar bandaning tarbiyasi uçun buyurilgan. Alloh taolo bizlarning ibodatimizga muhtoj emas, biz özimiz muhtojmiz. 

Yusuf alayhissalom köp oç yurarkanlar. Özlari podşoh, mamlakatni boşqaradilar. “Yer yuzi xazinasining ustida ötirasiz, namunça oç yurasiz”, deb söraşganida, “Qornim töyib qolsa, oçlarni yodimdan çiqarib qöyişdan qörqaman”, deb javob qaytargan ekanlar. Ramazon rözasini tutgan odam mana şu narsani öz boşidan keçiradi. 

Hazrati Ali” jome masjidi
imom xatibi Salohiddin Şaripov

Mulohaza qiladigan bölsak, insonga oçlik va çanqoqlikni boşdan keçiriş juda oğir holat. Nafs ham eng qiynaladigan holat ham mana şu ekan. Çunki u quvvatni yemoq-içmoqdan olar ekan. Inson yemoq-içmoqlikdan tiyiliş bilan nafsini jilovlaydi. Nafsini jilovlagan odam bilan nafsiga qul odamning örtasidagi farq juda katta böladi.